Mustaqillik munosabati bilan bir guruh faxriy jurnalistlar ham taqdirlanishdi. Bu haqda Milliy matbuot markazida bo`lib o`tgan matbuot anjumanidan muxbirimiz xabar berdi.
Unga ko`ra , Babaev Boris Raximovich;
Jabbarov Shuxrat;
Obidov Muhammad Dalimovich;
Razzakov Jabbar;
Toshev Farmon Isxakovich;
Karataev Tursunkul Abduraximovich va boshqa bir qancha faxriy jurnalistlar samarali mehnat faoliyatlari uchun mukofotlandilar.
Sharof Ubaydullaev Ijodiy uyushma raisi Olimjon O`sarov bilan unvonlarni faxriy egalariga topshirarkan, quyidagi so`zlarni tilga oldi.
"Elektron ommaviy axborot vositalari yuksak rivojlangan bir vaqtda bosma OAV kelajagi qanday bo`ladi, deb qayg`uramiz. Ammo raqobatdan qo`rqmaslik lozim. Matbuotni qo`llab-quvvatlamasa, mablag` bilan ta`minlamasa, matbuot nafas ololmaydigan holatga tushadi.
Matbuotni qaram bo`lishdan saqlash kerak. Biz o`zimizni - o`zimiz boqishimiz kerak. Qaram matbuot hech qachon xallqa foyda keltirmaydi va rivojlanmaydi ham", - dedi u jurnalistlarga qarata.
Eslatib o`tamiz, avvalroq "Darakchi" muxbiri "Kelajak bunyodkori" ordeni bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik.






