AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vaziri: Chiroqchi maktab ta`limi muammolari yig`ilib qolgan eng og`ir hudud

'Xalq ta`limi vaziri: Chiroqchi maktab ta`limi muammolari yig`ilib qolgan eng og`ir hudud'ning rasmi

Chiroqchidagi maktablarni o`rganib yurganimda, kutilmaganda davlatimizning yuksak mukofoti – «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlanganimni eshitib boshim osmonga etdi. Bu haqda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov o`zining telegram sahifasida ma`lum qildi.

Vazirning so`zlariga ko`ra, Respublikada maktab ta`limi muammolar yig`ilib qolgan eng og`ir sohalardan biri bo`lsa, Chiroqchi tumani bu masalada hududlar orasida eng og`iri hisoblanadi.

"Prezidentimiz maktab ta`limida ijobiy o`zgarish qilish uchun eng asosiy e`tiborni eng og`ir hududlarga qaratayotganliklari sababli ham tumanda mana oxirgi 3 yilda 43 ta juda xarob ahvolda bo`lgan maktab filiallari qaytadan ta`mirlanib yoki butunlay yangidan qurilib, to`laqonli maktabga aylantirildi va natijada maktablarning umumiy soni 236 taga etdi.

Bu yilning o`zida esa investisiya, obod qishloq va joriy ta`mirlash dasturlari orqali 114 ta, ya`ni tuman maktablarining yarmidan ko`pi turli xil darajadagi ta`mirlash imkoniyatiga ega bo`ldi! Albatta, hali amalga oshiradigan ishimiz juda ko`p. Lekin ushbu qisqa vaqt ichida tumandagi maktablar uchun bu juda katta ijobiy o`zgarish ekanligini ko`rsa bo`ladi.

Bundan tashqari, Prezidentimiz dunyoning eng salohiyatli davlatlari bilan do`stlik va hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yib berganlari tufayli ham, ushbu davrda Qashqadaryo viloyatiga va jumladan Chiroqchi tumaniga qator Rossiyalik pedagoglar, Xitoy Xalq Respublikasi granti asosida kompyuter sinflari yuborildi, AQSh pedagoglari kelib faoliyat yuritishdi, hamda Toshkent shahridan keyingi eng katta AQSh kutubxonasi Qarshi shahrida tashkil etildi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayramiga, mening hayotimdagi eng katta sovg`a bilan taqdirlaganlari uchun Davlatimiz Rahbariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman va bor kuch-g`ayratimni bildirilgan ishonchni oqlashga safarbar etaman!", - dedi Shermatov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar