O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, 30, 31 avgust hamda 1 sentyabr kunlari “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yo`nalishida 764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poezdlarining qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.
Unga ko`ra, 764-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi ushbu kunlarda Toshkent markaziy temir yo`l vogzalidan 08:30da, 763-sonli poezd esa Samarqand temir yo`l vogzalidan 17:00 da harakatini amalga oshiradi.
"Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin", — deyiladi xabarda.






