Adliya vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Nurli Zamin MFY va Guliston MFY hududlarida bolalar va sport (street working) maydonchalari qurib berildi. Bugun uning ramziy kaliti mahalla aholisiga topshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Toshkent viloyatida vazirlik rahbariyati va hududiy adliya organlari tomonidan o`tkazilgan sayyor qabullar davomida ushbu mahalla aholisidan bolalar bo`sh vaqtlarini unumli o`tkazish uchun maydoncha kerakligi haqida ko`plab murojaatlar kelib tushgan. Shu bois Adliya vazirligi ushbu xayriya tashabbusiga qo`l o`rgan.
— Mahallamiznig aholisi, ayniqsa ayollar, ber necha marta hokimlikka murojaat qilgan shu masala bo`yicha, ammo natijasi bo`lmadi, — deydi Nurli Zamin MFY raisi o`rinbosari Gulnora Saidoxunova. — Boshqa joylarga ham murojaat qildik va bugun mahallamizda bayram. Taqir er o`rniga shinam va har tamonlama o`ylangan bolalar maydonchasi bo`y rostladi. Barcha onalar va bolalar hursand! Bu mustaqillikning 30 yilligiga mahallamiz uchun o`ziga xos sovg`a bo`ldi.