Toshkent metropoliteniga 20 ta metro vagoni (5 ta sostav) olib kelinadi, poezd qatnovlari o`rtasidagi interval qisqartiriladi.
Qatnovlar bo`yicha 31 avgustdan yangi jadval joriy etiladi, deya xabar qildi Transport vazirligi va "Toshkent metropoliteni" DUK mutasaddilari AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida.
Unga ko`ra:
- Chilonzor yo`nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poezdlar oralig`i 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 4 daqiqa oralig`i bilan harakatlanadi;
- O`zbekiston yo`nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poezdlar oralig`i 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 5 daqiqa oralig`i bilan harakatlanadi.
Bu asosan yo`nalishda ishlayotgan metro sostavlarini ko`paytirish hisobiga amalga oshirilib, yo`lovchilarning yo`lga sarflaydigan vaqti qisqartiriladi.