AsosiyJinoyat

Chilonzorda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

'Chilonzorda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi DXX bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “G.” MChJga qarashli dorixonaning norasmiy sotuvchisi F.E. xaridorga 2 dona “Regapen”, 1 donadan “Selofen” hamda “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini jami 180 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo`lmagan 114 dona “Regapen”, 107 dona “Selofen”, 92 dona “Zardeks”, 68 dona “Tebantin” va 9 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar