AsosiyJamiyat

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilash taklif qilinmoqda

'Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilash taklif qilinmoqda'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.    

Loyihada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risidagi qonunchilikni buzganlik uchun O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga qo`shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risidagi qonunchilikni buzish jumladan, ochiq e`lon qilinishi lozim bo`lgan ma`lumotlarni e`lon qilmaslik yoki to`liq e`lon qilmaslik, e`lon qilish muddati va tartibini buzish yoki ma`lumotlarni noto`g`ri ko`rsatish:

  • mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Kodeksga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risidagi qonunchilik buzilganlik holati aniqlangan taqdirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mansabdor shaxslarga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida bayonnoma tuzish to`g`risidagi norma kiritilmoqda.

Eslatib o`tamiz, jamoatchilik muhokamasi 2021 yil 9 sentyabrga qadar davom etadi.

Ma`lumot uchun: Hujjat loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi  “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta`minlash, shuningdek jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.

Boshqa yangiliklar