Xalq ta`limi vazirligining xabar berishicha, 1-sinfga onlayn qabul o`tkazilayotgan hududlarda o`quvchilarni maktabga qabul qilish jarayoni 29 avgust kuni my.maktab.uz platformasi orqali ro`yxatdan o`tkazish va ariza yuborish to`xtatiladi.
Mikrohududdan tashqari maktablarga ariza topshirgan ota-onalar!
Joriy yilning 30 avgust kuniga qadar mikrohududdan tashqari maktabga ariza topshirgan ota-onalarga 3700 qisqa raqamidan maktablarda mavjud bo`sh o`rinlar asosida maktabga borish uchun onlayn navbat haqidagi SMS-xabarnoma yuboriladii
Qabul kvotasiga nisbatan mikrohudud va mikrohududdan tashqari ajratilgan bo`sh o`rinlari to`lgan maktablarga ariza yuborgan talabgorlarning arizalari tizim tomonidan avtomat tarzda qaytarilishini ma`lum qilamiz.
Arizalari qaytarilgan ota-onalar bo`sh o`rinlari mavjud bo`lgan maktablarga my.maktab.uz platformasi orqali avgust kuni soat 18:00 ga qadar qayta ariza yuborishlari mumkin.
Qo`shimcha ma`lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
🌐 mymaktab_uz






