AsosiyJamiyat

2025 yilgacha O`zbekistonda kamida 50 foiz elektr energiyasi xususiy elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi — Prezident

'2025 yilgacha O`zbekistonda kamida 50 foiz elektr energiyasi xususiy elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi — Prezident'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Karmanadagi yangi yangi quyosh elektr stansiyasi  O`zbekiston tarixida ilk bor xususiy investor tomonidan qurilgan elektr stansiyasi ekaniga e`tibor qaratdi:

 «Biz energetika sohasida tub islohotlarni boshladik. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotishni o`zida jamlagan monopol davlat kompaniyasi o`rniga bir-biridan mustaqil 4 ta kompaniya tashkil etildi.

Energetika sohasida raqobatdosh ulgurji bozorni shakllantirish, xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratish va shu orqali elektr energiyasiga o`sib borayotgan talabni maqbul narxlarda qondirishni asosiy vazifa etib belgiladik.

️Shu tariqa 2025 yilgacha yurtimizda kamida 50 foiz elektr energiyasini xususiy elektr stansiyalarida ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz», — dedi davlatimiz rahbari

    Boshqa yangiliklar