Bundan biroz avval yakuniga etgan Paralimpiya o`yinlarining dzyudo musobaqalarida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Uchqun Quronboev dastlabki oltin medalni taqdim etgan edi.
Shu tariqa O`zbekiston sport delegasiyasi hisobidagi medallarning umumiy soni 3taga etdi: O`zbekiston hisobida bittadan oltin, kumush va bronza mavjud. Ushbu natija bilan terma jamoa medallar jamg`arish bo`yicha 16-o`ringa chiqib oldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, o`zbek vakillari Osiyo qit`asida musobaqa peshqadami Xitoy va mezbon Yaponiyadan keyin 3-o`rinni egallab turishgan bo`lsa, MDH davlatlari orasida Ozarbayjon, Ukraina va Belarusdan ortda qolmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa O`zbekiston peshqadam.