Avvalroq sportchilarimiz "Tokio-2020" Paralimpiya o`yinlaridagi dastlabki oltin medalini qo`lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Ayni paytda "Navoiyazot" AJda bo`lib o`tayotgan yig`ilishda huddi o`tgan galgidek xushxabar yozilgan qog`ozcha kutilmaganda Prezidentga olib kirildi.
Bu haqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda .
Qog`ozni o`qib davlat rahbarining chehrasi yorishib ketgan. Unda Tokio Paralimpiadasidagi 66 kg vazn toifasida O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan paradzyudochimiz Uchqun Quronboev Paralimpiya o`yinlari chempioni bo`lgani haqidagi xabar yozilgan .