O`zbekiston Kobul shahrida sodir etilgan va ko`plab insonlarning hayotiga zomin bo`lgan terroristik xurujlarni qat`iyan qoralaydi.
Afg`onistondagi barcha tomonlarni milliy yarashuv va kelishuvga erishish, ko`p millatli Afg`oniston xalqi manfaatlari yo`lida mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o`rnatish maqsadida bosiqlik va konstruktiv yondoshuv namoyon etishga chorlaymiz.
Ushbu shavqasiz hujumlarda qurbon bo`lganlar va jabr ko`rganlarning oilalariga samimiy hamdardlik izhor etamiz.
O`zbekiston bundan keyin ham afg`onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo`llab-quvvatlab, Afg`onistonda tinchlik-osoyishtalik va farovonlikka erishishda keng ko`lamli yordam ko`rsatishda davom etadi.