Para-dzyudochimiz Parvina Samandarova delegasiyamizga Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarining navbatdagi medalini taqdim qildi. Para-dzyudochimiz final bellashuvlarini boshlab berdi.
-57 kg vazn toifasida kurashgan vakilimiz finalda ozarbayjonlik Sevda Valievaga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bahsda Samandarova vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo`ydi va delegasiyamiz hisobiga yana bir kumush medalni taqdim qildi.
Shu tariqa Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlaridagi medallarimiz 3 tadan oltin va kumush, shuningdek, 2 ta bronza medalini tashkil etmoqda.