Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarining navbatdagi kun dasturiga start berildi. Bir necha daqiqa avval para-suzuvchilarimiz saralash dasturida ishtirok etishdi.
Unda 4 nafar vakilimiz S13 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish bo`yicha final yo`llanmasi uchun harakat qilishdi. Ulardan joriy Paralimpiya o`yinlarining bronza medali sohibi Islomjon Aslanov hal qiluvchi bosqichga yo`l oldi. Afsuski, Muzaffar Tursunxo`jaev, Nigora Mirzohidova hamda Shohsanamxon Toshpo`latova saralashdan o`ta olishmadi.
Shu tariqa Aslanov Toshkent vaqti bilan 14:10 da boshlanadigan final bahsida ishtirok etadi.