Aktrisa Dilnoza Kubaeva uning nomini sotib yuradigan qizlar haqida so`zlab berdi.
O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Dilnoza Kubaeva “Shok.uz” saytiga intervyu berdi. Jurnalistning aktrisa o`zi haqidagi mish-mishlarga munosabati borasidagi savolga quyidagicha javob qaytardi:
“Men haqimda ko`pincha falon markali avtoulov haydar ekan, deb o`zimga yoqadigan va men orzu qiladigan avtomobil markalarini sanab o`tisharkan. Bu yoqimli mish-mish, albatta. Biroq, men avtomobil haydamayman. Shu o`rinda bir yoqimsiz holatni aytib o`tishim kerak. Ayrim ko`zoynak taqib, bachkana gaplar gapirib, nomimni YPX xodimlariga sotib ketadigan qizlar ham bor. Sochini yoyib, ko`zoynak taqib, sal tabassumi o`xshab ketsa, YPX xodimlari ularni menga o`xshatishadi. Ba`zan esa o`zimni tanimay qolishadi. ‘To`xtang, siz o`zi Dilnozamisiz, hozirgina yana bitta Dilnoza Kubaeva o`tib ketgan edi’, deyishadi. Hayron qolaman, keyin odam odamga o`xshaydi-da, deyman. Nomimni sotishmasin, deb ichlarim g`alati bo`lib ketadi. Bir ajoyib kasbda bu”, — deya javob berdi Kubaeva