31 avgust kuni soat 05:00 larda 2004 yilda tug`ilgan S.Q. Shayxontohur tumani, Zafarobod MFY, G.Uzoqov ko`chasida to`xtab turgan, fuqaro N.A.ga tegishli bo`lgan "Lasetti" rusumli avtomobil eshigini ochib, o`t oldirgichda qoldirilgan kalit orqali transport vositasini olib qochgan.
Yo`lda avtomobil davlat raqam belgisini echib harakatlangan va shu kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani, TXAY ko`chasida YTH sodir etib voqea joyida ushlangan.
YTH "Lasetti", "Neksiya", "Spark" hamda "Matiz" rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo`lib, to`qnashuv natijasida 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Transport vositasini olib qochish bo`yicha Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respulikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.