Joriy yilning 25 mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi «O`rta-Qishloq» va “O`zgarish” maxalla fuqarolar yig`inlarida istiqomat qilib keluvchi 5 nafar fuqarolarni daydi it tomonidan tishlanish holatlari kuzatildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Barcha jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, quturishga qarshi vaksinasiya kursi olib borilib, ularning salomatligi tibbiy kuzatuvga olindi.
Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Veterinariya va Obodonlashtirish bo`limlari mutaxassislari tomonidan mahalla fuqarolar yig`inlari faollarini jalb qilgan holda joylarda qarovsiz hayvonlarni tutish va zararsizlantirish, fuqarolarni ulardan jabrlanishlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tarzda amalga oshirilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi shuningdek, fuqarolarga itlarni yuqumlik kasalliklarga qarshi emlatishni eslatib, ularni saqlash qoidalariga amal qilishga chaqirmoqda.