AsosiyShou-biznes

Anjelina Jolining yangi suratlari uning muxlislarini xavotirga qo`ydi(Foto)

Dunyo bo`ylab, Anjelina Jolining anoreksiya kasalligiga chalingani haqidagi mish-mishlar tingani yo`q. G`arb OAVlarining yozishicha, bugunga kelib aktrisaning vazni 35 kilogrammga tushib ketgan, buni yulduzning so`nggi paytlarda tushgan suratlari ham tasdiqlaydi, deb xabar beradi “Woman.ru” nashri. 

Joli va Pittning oilasi og`ir kunlarni boshdan kechirmoqda, OAVlarning xabar berishicha, xiyonat tufayli ularning nikohi bekor bo`lish arafasida turibdi, Anjelina esa stress oqibatida ozib ketmoqda, uning vazni bugunga kelib 35 kilogrammni tashkil qilmoqda. Eslatib o`tamiz: Jolining bo`yi 169 sm, uning og`irligi bo`yiga to`g`ri kelmay, tana massasi tanqisligini keltirib chiqargan. Jolining ozg`inligi sog`ligiga ta`sir qilyapti degan asossiz gaplarni u rad etgan. Bu narsa uni tashvishga solmayapti. 

Ba`zi bir ma`lumotlarga ko`ra yulduzli oilada vaziyat tang, Anjelina Bred bilan har kuni janjallashadi. Bred uni ovqatlanishga majbur qilsa, bu narsa Anjelinaga yoqmaydi. Bred unga qanday ta`sir qilish yo`lini topolmay, ajrashish bilan qo`rqitishga majbur bo`lgan.

    

Boshqa yangiliklar