AsosiyJamiyat

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni O`zbekistonda vaqtincha bo`lish tartibi o`zgardi

'Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni O`zbekistonda vaqtincha bo`lish tartibi o`zgardi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasida bo`lishi tartibini takomillashtirishga qaratilgan o`zgartirishlar kiritish to`g`risida”gi 549-sonli Qarori kuchga kiradi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408 sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasiga kelishlari va O`zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibini 65 bandi o`z kuchini yo`qotgan deb belgilandi.

Shu munosabat bilan mazkur Qaror talabiga ko`ra, Xorijiy davlatlardan turli maqsadlarda ma`lum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelgan va bugungi kunda vaqtinchalik qayd muddati tugagan holatda Qarshi shahrida vaqtincha yashab kelayotgan chet el fuqarolarini O`zbekiston Respublikasi hududidan 2021 yilni 10 sentyabr kuniga qadar chiqib ketishlarini, shu o`rinda ularni qabul qilgan uy-joy egalari hamda korxona, tashkilot rahbarlari bunday toifadagi chet el fuqarolarini Respublika hududidan chiqarib yuborish choralarini ko`rishlari lozim.

Shuningdek, mazkur Qaror talabiga ko`ra, 2021 yilni 10 sentyabr kuniga qadar, O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari va mansabdor shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasida yashash va bo`lish qoidalarini buzganlik uchun O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 225 moddasini tegishli qismlari bo`yicha ma`muriy javobgarlik masalasi ko`rilishi haqida ogohlantiriladi.

Boshqa yangiliklar