AsosiyJamiyat

Farg`onada 14 yoshli haydovchi to`xtatildi (video)

'Farg`onada 14 yoshli haydovchi to`xtatildi (video)'ning rasmi

Farg`ona shahrida bo`lib o`tgan tungi reyd davomida "Lasetti" rusumli avtomobil haydovchisiga YPX xodimi tomonidan to`xtash ishorasi berilganda, haydovchi to`xtamasdan, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib harakatda davom etgan. 

Ko`rilgan choralar natijasida haydovchi to`xtatilgan.

Tekshiruv davomida avtomobil boshqaruvida 2007 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan bola bo`lganligi aniqlangan.

Holat bo`yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar