AsosiyDunyo

Samolyot o`rindig`iga sig`may qolgan britaniyalik qiz 83 kiloga ozdi

Buyuk Britaniyaning Xartfordshir grafligida yashovchi Ember Rouz 24 yoshida 159 kilogramm vaznga ega bo`lgan. Biroq bu holat uni zig`ircha ham tashvishga solmasdi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.

Kunlardan bir kun u sayohatga chiqmoqchi bo`lib, chipta sotib olishga bordi. Aviakompaniya xodimlari esa qizga ikkita chipta sotib olishni tavsiya etishdi. Chunki u bitta o`rindiqqa sig`mas edi. Shundan so`nggina Rouz vaziyatning naqadar jiddiy ekanligini anglab etdi va ozishga qaror qildi.

Qizning aytishicha, ortiqcha vazn to`plashiga noto`g`ri ovqatlanish sabab bo`lgan. Bir kuni uning tanishlaridan biri Emberning bir kunda nimalar iste`mol qilishini suratga olib, internetga joylashtirdi. Bu esa Rouzni tashvishga soldit va ozishga jiddiy kirishishga undadi.

Rouz yog`li ovqatlardan o`zini tiyib, sportzalga qatnay boshladi. Natija esa qizni uzoq kuttirmadi. Rouz qisqa muddat ichida 83 kilogram ortiqcha vazndan xalos bo`ldi.

Ember ozganidan so`ng ortiqcha terini oldirib tashlash uchun plastik jarrohga murojaat qildi. Ember sarviqomat ko`rinishga ega bo`lish uchun 11 imng dollar sarfladi. 

Endilikda Rouz o`zini nacha yaxshi his qilmoqda va ikki o`rindiq uchun pul to`lagan o`shga reysning bitta o`rindig`ida yana sayohatga otlanmoqchi.

Boshqa yangiliklar