AsosiyJamiyat

Farg`onalik ayol internet firibgarlariga chuv tushdi

'Farg`onalik ayol internet firibgarlariga chuv tushdi'ning rasmi

13-iyun kuni R.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yil 19-may noma`lum shaxs bilan internet ijtimoiy tarmog`i orqali tanishib, internet ijtimoiy tarmog`idagi sovrinli o`yinda pul mukofotini yutib olganligini va ushbu pullarni plastik kartasi hisobiga o`tkazib berishini aytib, aldov yo`li bilan nomiga rasmiylashtirilgan tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta raqami va kodini aldov yo`li bilan olib, plastik kartasi hisobida bo`lgan 1.838.009 so`m pul mablag`larini boshqa plastik karta hisobiga o`tkazish orqali qo`lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar