AsosiyJamiyat

Islom taraqqiyot banki yangi platformani ishga tushirdi

'Islom taraqqiyot banki yangi platformani ishga tushirdi'ning rasmi

Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashi Toshkentda o`tayotgan yuqori darajali tadbirda moliyaviy samaradorlikni oshirish bo`yicha o`zining vazifalariga qo`shimcha ravishda yangi raqamli platformani ishga tushirdi.

Mazkur raqamli platforma pul mablag`lari to`lovini tezlashtirishda bank operasiyalarining samaradorligini oshiradi va ishbilarmonlik munosabatlarini amalga oshirishni soddalashtiradi.

Platforma foydalanuvchilarga real vaqt rejimida to`lov talabnomalarining maqomini kuzatib borish va xavfsizlikni ta`minlovchi shart-sharoitlarda pul mablag`lari to`lovi bilan bog`liq muammolarni hal qilish uchun loyihaviy guruhlar bilan to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik qilish imkonini beradi.

Yangi platforma Toshkentda o`tayotgan ITB guruhining 2021 yildagi yillik yig`ilishi doirasida ishga tushirildi.

Islom taraqqiyot bankining moliya bo`yicha vise-prezidenti va moliyaviy direktori Zamir Iqbol, a`zo mamlakatlar ushbu yangi tizim xususiyatlaridan hamda rivojlanish sohasidagi maqsadlarimizga etishda samaradorlikni oshiruvchi tartib-taomildan manfaat olishlarini alohida ta`kidladi.  

- Mazkur strategiya a`zo mamlakatlar Senegal va Indoneziyaning ilk loyihalarida o`z ta`sirini namoyon qilishni boshladi, ishga tushirish paytidan boshlab ma`lumotlarning aniqligi va haqqoniyligiga salbiy ta`sirsiz qayta ishlash vaqti qisqardi, - dedi Mansur Muxtor.    

Platforma jahon toifasidagi texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqilgan hamda mobil qurilmalarda ishlatishga moslashtirilgan. U, shuningdek, har qanday qo`lda bajariladigan jarayonlarga xos bo`lgan boshqaruvdagi nuqsonlarni bartaraf qilish uchun xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar