AsosiyJamiyat

Axborot texnologiyalari sohasida 100 minggacha yosh mutaxassis tayyorlanadi

'Axborot texnologiyalari sohasida 100 minggacha yosh mutaxassis tayyorlanadi'ning rasmi

“Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag`batlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni maqsadli o`qitishni qo`llab-quvvatlash va ularni keyinchalik ishga joylashtirish mexanizmi joriy etiladi.  

 Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

  • AT “Aloqabank” huzurida mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklida Venchur jamg`armasi;
  •  mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi”.

 Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida keyingi 5 yil ichida 100 minggacha yosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularni keyinchalik ishga joylashtirishda ko`maklashish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.  

 Shunga ko`ra, har yili 5 yil ichida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanishini va ularning startap-loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish uchun Markazga 50 mlrd so`m miqdorida amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5 yil ichida bosqichma-bosqich qaytariladi.

 Vazirlik va tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, Markaz tomonidan tanlangan ta`lim tashkilotlari o`rtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma shakllantiriladi.

Ta`lim tashkilotlarida maqsadli o`qish uchun 16 yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan O`zbekiston fuqarosi nomzod bo`ladi.

 Nomzodlar Markaz tomonidan ta`lim tashkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi.  

 Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini ulush tarzida taqsimlash to`g`risidagi shartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga ko`ra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ularning o`qishini to`lashga maqsadli qarz taqdim etiladi.

Stipendiatlar o`qishni tugatgandan so`ng maqsadli qarz va ushbu qarz bo`yicha foizlarni qaytarishga majbur.

 

    Boshqa yangiliklar