Amnesty International tashkilotining ma`ruzasida dunyoda o`lim jazosini qo`llash bo`yicha 2015 yil rekord yil bo`lgani ta`kidlangan. Eron, Pokiston va Saudiya Arabistonida qo`llangan o`lim jazosi dunyo bo`yicha bu hodisaning 89 foizga oshishiga sabab bo`lgan, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.
Amnesty International xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti 2015 yil so`nggi 25 yil mobaynida eng ko`p o`lim jazosi qo`llanib, rekord natijaga erishgan yil bo`lganligini qayd qilgan.
Tashkilotning hisob-kitobiga ko`ra 2015 yilda 1,6 ming kishi qatl etilgan, bu ko`rsatkich o`tgan yili 573 tani tashkil etgan bo`lib, 50 foizga oshgan. Bu hisobotga Xitoy kiritilmagan, chunki o`lim jazosini qo`llash ularda davlat siri deb hisoblanadi.
Amnesty International xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining bosh kitobi Salil Shettining so`zlariga qaraganda, bunday raqamlar insoniyatni xavotirga soladi: “Xayriyatki, o`lim jazosi qo`llanayotgan mamlakatlar xolis, kichkina mamlakatlar hisoblanadi. Bugunga kelib juda ko`p mamlakatlarda o`lim jazosi bekor qilingan. 2015 yilda yana 4 mamlakat – Fiji, madagaskar, Kongo va Surinam respublikalari vahshiyona jazoni qo`llashni bekor qildi”. Natijada, bugunga kelib dunyoning 102 mamlakatida o`lim jazosi qo`llanmaydi.
2015 yili Pokistonda 320, Eronda 977 (jumladan 4 nafar jinoyatchi 18 yoshga to`lmagan), Saudiya Arabistonida 158 kishi omma oldida qatl etilgan. Bu ko`rsatkich 2014 yilga qaraganda 76 foizga oshgan.
Misr, Chad va Somalida ham 2014 yilga qaraganda 2015 yilda o`lim jazosi ko`p qo`llangan.
2015 yilda eng ko`p qatllar Xitoy, Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni va AQShda amalga oshirilgan. AQShning 18 ta shtatida o`lim jazosi qo`llash bekor qilinganiga qaramay, 28 kishiga nisbatan o`lim jazosi qo`llangan.
Belorusiya o`lim jazosi qo`llanadigan Evropadagi yagona davlat hisoblanadi. Amnesty International ning bergan ma`lumotiga ko`ra, 2015 yilda Belorusiyada 2 kishiga nisbatan o`lim jazosi qo`llangan.
“Qozog`iston, Rossiya va Tojikiston o`lim jazosini bekor qilish haqida biror qarorga kelmagan”, deyiladi ma`ruzada.
Tashkilotni Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari tashvishga solmoqda. Omon Sultonligi va Isroildan tashqari, bu hududda 2015 yilda 1196 kishi qatl etilgan.