AQShning Florida shtatida mahalliy aholi vakillarining uyi eshigini alligator “taqillatdi”. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, timsohning uzunligi uch metr bo`lgan.
Eshigi oldida timsoh turganini ko`rgan uy egasi zudlik bilan qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qilgan.
Uning uyiga darhol Xilsboro okrugi sheriflik boshqarmasi vakili va ovchi etib kelgan. Ular shu zahotiyoq timsohni tutdi.
Nashrning ma`lum qilishicha, okrugda havo harorati isib ketgani uchun alligatorlar bezovtalana boshlagan.
Bundan oldin 3 metr uzunlikdagi alligator maktab hovlisiga bostirib kirgan edi.






