1

“Islom Davlati” Afg`onistonda kuch to`plamoqda

Dunyo 06.04.2016, 14:16
Teglar: Islom davlati
“Islom Davlati” Afg`onistonda kuch to`plamoqda

“Islom Davlati” terrorchilik guruhi uchun Afg`oniston harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko`riladigan maydon vazifasini o`taydi”, - dedi Rossiya prezidentining Afg`onistondagi maxsus vakili, Osiyo tashqi ishlar vazirligi ikkinchi departamenti direktori Zamir Qobulov, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

“Islom Davlati” terrorchilik guruhi kun sayin rivojlanib, gullab-yashnamoqda. U hozir kuch to`plash uchungina tin olgan. Hozirda guruh tarkibida ular bilan raqobatchi bo`lgan tolibonlarga nisbatan jangarilar kam qolgan. Ammo ular afg`on va Amerika qo`shinlari uchun kuch sarflash fikridan yiroq, terrorchilik guruhining boshqa maqsadi bor. Afg`oniston ularga harbiy harakatlarga tayyorgarlik uchungina zarur”, – dedi Zamir Qobulov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida. 

Uning fikricha, “Islom Davlati” terrorchilik guruhining tolibonlarga yon bosish yoki ular bilan jang qilish niyati yo`q.  

So`nggi paytlarda Afg`onistonda vaziyat keskin o`zgargan. Ilgari kichik-kichik qishloqlarni egallagan tolibonlar endi katta shaharlarni egallashga intilmoqda, bundan tashqari mamlakatda “Islom Davlati” terrorchilik guruhining ham ta`siri sezilarli darajada oshgan. 

“Tolibon” va “Islom davlati” guruhi bir-biriga raqobatchi hisoblanadi. OAVlarning yozishicha, “Tolibon” harakati vakillari iyun oyida “Islom davlati” terrorchilik guruhiga xat yozib, Afg`onistonda toliblar ishiga aralashmaslikni so`ragan. Afg`oniston hududida bu ikki guruh o`rtasida qurolli to`qnashuv ham sodir bo`lgan.

Sharhlar

​Tramp Mosulda “Islom davlati” ustidan qozonilgan g`alaba bilan qutladi

11.07.2017, 12:03

AQSh Prezidenti Donald Tramp Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadini “Islom davlati” terrorchilik guruhi ustidan Mosulda qozonilgan g`alaba bilan qutlab maktub yo`lladi, deya ma`lum qildi Oq...
​Angliyalik jurnalist jangarilar uni o`ldira olsa, 50 ming funt berishini ma`lum qildi

06.06.2017, 09:54

Angliyalik jurnalist qo`liga qilich olgan holda tushgan fotosurati orqali terrorchilarni duelga chaqirdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.The New Observer nomli ingliz nashrining jurnalisti Andre Uoker...
​Londondagi terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi

05.06.2017, 11:44

Londonda sodir etilgan, 7 kishi halok bo`lgan va 48 kishi tan jarohati olgan terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi, deb xabar berdi...
​Afg`onistonda “Islom davlati” terrorchilik guruhi rejalashtirgan teraktlarning oldi olindi

02.06.2017, 14:08

Afg`oniston respublikasi xavfsizlik xizmati mamlakatning sharqiy qismidagi Nangarxar viloyatida “Islom davlati” terrorchilik guruhi tomonidan sodir etilishi rejalashtirilgan teraktlarning oldini oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1