AsosiyDunyo

Britaniyalik 55 yoshli ayol 3 egizakni dunyoga keltirdi

Buyuk Britaniyaning Linkolnshir grafligida yashovchi 55 yoshli ayol mamlakatdagi egizaklarni dunyoga keltirgan eng keksa ayol bo`ldi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Ayol ekstrakorporal urug`lantirish muolajalari va tug`ruq jarayoni uchun 21 ming dollar sarfladi.

Sheron Katts EKU muolajasini Kipr orolida qildirdi. Buyuk Britaniya hududida mazkur muolaja faqatgina 42 yoshgacha bo`lgan ayollargagina qilinadi. Shifokorlarning xavotirlariga qaramay, Katts uch nafar sog`lom bolalarni kesarcha kesish yo`li bilan dunyoga keltirdi.

Kattsning aytishicha, farzandlari uni chiroyli tashqi ko`rinishda tanishlari uchun u tug`ruqdan oldin botoks muolajasini o`tkazgan. Sheron Kattsning to`rt nafar farzandi va uch nafar nabirasi bor.

Boshqa yangiliklar