O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Baxtiyor Qosimov 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktrisa Gavhar Sharipova o`zining Facebook`dagi sahifasida xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, janoza peshinda Kamolon masjidida o`qiladi.
Aktyor xotirasiga bag`ishlangan maxsus maqolani “Darakchi” gazetasining kelgusi sonida o`qishingiz mumkin.
Fursatdan foydalanib, aktyorning yaqinlariga va oila a`zolariga chuqur hamdardlik izhor etamiz.





