Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Xalqaro kongress markazida O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s`ezdi bo`lib o`tmoqda.
Ayni paytda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi s`ezdida 2021 yilgi prezidentlik saylovlariga partiya siyosiy kengashi a`zosi, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoev nomzod sifatida tasdiqlandi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Qurultoyida “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovning nomzodi bir ovozdan ma`qullangani xabar qilingan edi.






