Bugungi final bahslari yakuniga ko`ra, O`zbekiston dzyudo jamoasi jami 12 ta medalni qo`lga kiritib, ulardan 4 tasi - oltin, 2 tasi - kumush va 6 tasi bronza medallari bo`ldi. Bular:
Oltin:
- Halimajon Qurbonova (48 kg)
- Shukurjon Aminova (57 kg)
- Muzaffarbek Turoboev (100 kg)
- Shoxruxjon Baxtiyorov (100+ kg)
Kumush:
- Farangiz Xodjieva (63 kg)
- Nurbek Murtozoev (81 kg)
Bronza:
- Farangiz Redjepova (63 kg)
- Dilshodbek Yo`ldoshev (66 kg)
- Farangiz Xolmurodova (70 kg)
- Irisxon Kurbanbaeva (78 kg)
- Fotima Kuramboeva (78+ kg)
- Suxrob Radjabov (-100 kg)
Ta`kidlash joizki, bugungi final bahslarida Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning ishtirok etgani, o`yinlar oldidan dzyudochilarimizga dalda bergani, shubhasiz, o`z samarasini berdi.