1

"Etti uxlab tushimga kirmagan edi". Tasodifan Erkinjon Turdimov qabuliga borgan yigitning orzulari kutilmaganda amalga oshdi

Jamiyat 10.09.2021, 11:05
Teglar: hokim, ​Samarqand, sayyor qabul
"Etti uxlab tushimga kirmagan edi". Tasodifan Erkinjon Turdimov qabuliga borgan yigitning orzulari kutilmaganda amalga oshdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi sayyor qabuliga borgan fuqaro va ularning samimiy suhbati aks etgan video keng tarqaldi.

Mazkur videoda imkoniyati cheklangan fuqaro oʻziga nogironlik aravachasi kerakligini aytadi, uning samimiyligi Samarqand viloyati hokimini xursand qilib, Erkinjon Turdimov unga uyini ham taʼmirlab berishlarini, hattoki uylantirib qoʻyshlarini taʼkidlaydi. 

Jumladan, hokim masʼullarga “Kosibchilik uchun joy qurib berasan, hamma kerakli jihozlar bilan taʼminlaysan”, deya topshiriq beradi. Yigitning “Bularingiz bermaydi, baribir uxlatadi”, degan soʻzlari hokimning samimiy kulgusiga sabab boʻldi.  

Shundan soʻng, oradan hech qancha vaqt oʻtmasdan murojaatchi Oybek aravachaga ega boʻldi. Shuningdek, chiroyli taʼmirlangan uy uni hayajoniga sabab boʻldi. U video davomida bunday boʻlishini yetti uxlab tushiga kirmaganligini aytadi. Yigitning soʻzlariga koʻra, u sayyor qabuldan naf chiqishiga ishonmagan. Ammo hozir u berilgan yordam va qisqa fursatda qilingan ishdan hayratda.

“Bunaka boʻlishi yetti uxlab tushimga kirmagan edi ”, deydi hokim qabuliga borib, orzulari amalga oshgan yigit.

Sharhlar

Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Samarqandda bir oilaning 5 a`zosi zaharlanib, ikki nafari vafot etgani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

01.02.2023, 10:49

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati Qo`shrabot tuman "Zarmitan" MFYda yashovchi fuqaro S.N. xonadonida uyda, qo`lbola usulda tayyorlangan bodring konservasini iste`mol qilish natijasida 5 kishida ovqatdan...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1