AsosiyDunyo

Rossiya iqtisodiy halokatga uchrashi bashorat qilindi

Rossiya prezidentining maslahatchisi Sergey Glazevning fikricha, Markaziy bank tomonidan yaratilgan “yangi voqelik” da faqatgina chayqovchilar kun ko`rishi, ishlab chiqarish sanoati esa halokatga yuz tutishi mumkin, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri .

“Bu iqtisodiy halokatga eltuvchi yo`ldir, ayni damdagi vaziyat bu iqtisodiy o`sishni to`xtatib qo`yuvchi stagflyasiyadir (stagnasiya+inflyasiya). Agar markaziy bank siyosati bilan dunyoga kelgan “yangi voqelik” bo`lmaganida, Rossiya iqtisodiyoti yiliga 6-8 foizga ko`tarilgan bo`lardi ”, – deb ta`kidladi Glazev.

Markaziy bank boshqaruv raisining o`rinbosari Kseniya Yudaeva 6 aprel kuni “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida, iqtisodiy vaziyat kutilganidan ko`ra yaxshiroq rivojlanayotganini, bularning hammasi o`tkinchi qiyinchiliklar ekanligini, Rossiya iqtisodiyoti gullab-yashnash pallasida turganligini aytib o`tdi.  

Mart oyida Rossiya moliya vazirligi mamlakat iqtisodiyoti boshqa mamlakatlar iqtisodiyotiga qaraganda jiddiy o`zgarishlarga uchramanganligini ma`lum qildi. “Narxi yuqori bo`lgan, neft sanoati kabi sohalar biroz qiyinchilikka uchradi”,– deb ta`kidladi vazirlik rahbari Anton Siluanov.

Boshqa yangiliklar