AsosiyJamiyat

Bugun bo`lmadimi, Parijda albatta bo`ladi — Prezident Paralimpiya o`yinlarida g`olib bo`lolmaganlarga

'Bugun bo`lmadimi, Parijda albatta bo`ladi — Prezident Paralimpiya o`yinlarida g`olib bo`lolmaganlarga'ning rasmi

“Inson biron narsani yo`qotsa, qayg`urmasligi kerak. Faqat niyatni yo`qotsa, qayg`urishi kerak. Chunki, har qanday xayrli ish, pok niyat bilan ijobat bo`ladi”. Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarida g`olib bo`lgan sportchilarimiz bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoev ulug` mutafakkir Hakim Termiziyning shu fikrlaridan iqtibos keltirdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Shuningdek, davlat rahbari hozirgi og`ir pandemiya sharoitida Paralimpiya o`yinlariga munosib tayyorgarlik ko`rish, bunday katta yutuqlarga erishish oson bo`lmagani, musobaqaning dastlabki kunlarida Tokio shahrida 25 nafar sportchimizga nisbatan qattiq karantin talablari qo`llangani ham jiddiy muammolar tug`dirgani, o`z yo`nalishlarida g`oliblikka asosiy da`vogar hisoblangan Lobar Xurramova, Sevinch Salaeva, Vasila Aliboeva singari dzyudochi qizlarimiz shunday sabablar tufayli, bahslarda ishtirok eta olmagani haqida gapirdi.

Shu o`rinda, bu galgi musobaqalarda omadi kelmagan yoshlarimizga qarata aytmoqchiman: jahondagi eng kuchli sportchilar bellashgan Paralimpiya o`yinlarida qatnashib, o`z salohiyatingizni dunyoga namoyon etganingizni o`zi ham katta iftixordir. “Bugun bo`lmadimi, Parijda albatta bo`ladi!” – deya Shavkat Mirziyoev Parij-2024 Paralimpiya o`yinlarida ularning albatta g`alaba qozonishlariga ishonch bildirdi.

Ma`lumot uchun:

Paralimpiya musobaqalariga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko`rish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo`lib, natijadavakillarimiz 8 ta sport turi bo`yicha 55 ta yo`llanmani qo`lga kiritib, milliy sportimiz tarixida eng yuqori ko`rsatkichga erishishgan. Vakillarimiz eshkak eshish, kanoe va taekvondo singari 3 ta yo`nalish bo`yicha ilk bor qatnashishdi.

    Boshqa yangiliklar