AsosiyJamiyat

Siyob bozoridagi janjalkash sotuvchilarga qanday chora ko`rilgani ma`lum qilindi

'Siyob bozoridagi janjalkash sotuvchilarga qanday chora ko`rilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

5 sentyabr kuni Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida savdo qiluvchi sotuvchilar savdo joyiga talashib, ular o`rtasida kelishmovchilik sodir bo`lganligi, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi to`g`risida xabar qilgan edik. Holatning keyingi  tafsilotlari haqida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

10 sentyabr kuni ushbu holat yuzasidan to`plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida ko`rib chiqildi.

Sud qaroriga asosan, fuqarolar N.Nafisa hamda U.Nigoralar O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 52-moddasining 2-qisimida ko`rsatilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari jazosi tayinlandi.

Fuqarolar A.Nodirjon hamda I.Raveljonlar O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko`rsatilgay ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga nisbatan 15 (o`n besh) sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Voyaga etmagan A.Diyorjonning harakatlarida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlik mavjudligi, ammo u javobgarlik yoshiga etmaganligi sababli, uning qonuniy vakili otasi N.Nurulloga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand shahar Voyaga etmaganlar bo`yicha idoralararo komissiyasiga yuborildi.

 

    Boshqa yangiliklar