IWF (Xalqaro og`ir atletika federasiyasi) 2021-yilgi Jahon chempionati mezboni nomini e`lon qildi.
Ijroqo`m qaroriga ko`ra, bu yilgi jahon birinchiligi hamda IWF saylov kongressi O`zbekistonda bo`lib o`tadi. Bu esa tabiiyki hamyurtlarimiz Xalqaro og`ir atletika federasiyasidagi o`rnini mustahkamlashiga zamin yaratadi. Ushbu saylov jarayonlari 20-21-dekabr kunlari bo`lib o`tadi. Jahon birinchiligi medallari uchun kurash Toshkentda 7-17-dekabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, shu yilning may oyida Toshkentda og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasida Jahon chempionati hamda Osiyo og`ir atletika federasiyasi Kongressi-2021, qolaversa og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasida Osiyo chempionati yuqori darajada tashkillashtirilgan edi.