AsosiySport

O`zbekistonlik sportchilar MDH musobaqalarini 91 ta medal bilan ikkinchi o`rinda yakunladi

'O`zbekistonlik sportchilar MDH musobaqalarini 91 ta medal bilan ikkinchi o`rinda yakunladi'ning rasmi

Xabar berilishicha, Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida ilk bor o`tkazilgan MDH o`yinlari o`z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston delegasiyasi 91 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egalladi.

Hamyurtlarimiz musobaqada 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza jami 91 ta medallariga sazovor bo`lishdi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so`ng ikkinchi ko`rsatkich bo`ldi. So`nggi kunda bo`lib o`tgan bahslarda vakillarimiz karate, badiiy gimnastika, futzal sport turlarida shohsupaga ko`tarilishdi. Unda shohsupaga ko`tarilgan sportchilar:

Oltin medal: Dildora Aliqulova (karate).

Kumush medal: Iroda Sadikova, Domenika Damirova, Aida Xaydarova, Mubina Kamolova (jamoaviy bahslarda, badiiy gimnastika), Nasibabonu Narbaeva (karate), Mohlaroyim Hakimjonova (karate).

Bronza medal: Anastasiya Saranseva (2 ta: tasma va xalqa bahslarida, badiiy gimnastika), Islomjon Sattorov (karate), Bonu Egamberdieva (karate), Sevinch Sodiqova va Diana Garamova (badminton, juftlik) futzal terma jamoasi.

 

    Boshqa yangiliklar