AsosiyJamiyat

AQShning Global media agentligi tomonidan Korrupsiya bo`yicha jurnalist surishtiruvi va faktlarni tahlil qilish mavzusidagi trening o`tkazildi

'AQShning Global media agentligi tomonidan Korrupsiya bo`yicha jurnalist surishtiruvi va faktlarni tahlil qilish mavzusidagi trening o`tkazildi'ning rasmi

Poytaxtdagi Wyndham mehmonxonasining konfirensiya zalida AQShning Global media agentligi tomonidan Korrupsiya bo`yicha jurnalist surishtiruvi va faktlarni tahlil qilish mavzusidagi trening o`tkazildi. Bu haqda "Darakchi" maxsus muxbiri xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur amaliy seminar O`zbekistonda biznes jurnalistikaga oid bir yillik media loyihani yakunlaydi. Mashg`ulotlarda asosiy e`tibor jurnalistlar etikasi, biznes atamalar, iqtisodiy ko`rsatkichlar va ishonchli axborot manbalari haqidagi bilimni oshirib, moliyaviy ma`lumotlarni va raqamlar ortida turgan masalalarni tahlil qilish uchun zarur ko`nikmalarga qaratildi. 

Bu seminar oldingilaridan ham qiziqarliroq o`tkazilgan. Unda trenerlar Oleg Xomenok va Navbahor Imamova o`quv sessiyalari, amaliy mashg`ulotlar va ekspertlar bilan munozara va ma`ruzalar olib bordilar. Darslar manipulyasiya qilingan yoki feyk axborotni aniqlash, faktlar va matnlarni, shuningdek, foto va videolarni tekshirish, jurnalistik surishtiruv olib borish hamda manbalar va guvohlarni himoya qilish bo`yicha mahoratni oshiradi. O`zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mamlakatda moliyaviy ma`lumotlar ochiqligini ta`minlashga qaratilgan qonunchilikni ilgari surayotgan, Amerika Qo`shma Shtatlari hisobdorlik hamda shaffoflikni ta`minlash bo`yicha sa`y-harakatlarni quvvatlab, yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yayotgan paytda jurnalistlarga yuqoridagi ko`nikmalar juda qo`l keladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov seminar davomida ijodkorlar bilan bu borada muloqot qildi.  

AQSh Global media agentligining 2020 yil dekabr - 2021 yil iyun oylarida Toshkent va Farg`onada o`tgan treninglarida O`zbekistonning turli hududlaridan qatnashgan 85 nafar jurnalist shu yilning avgust oyiga qadar biznes, iqtisodiyot va moliya mavzuiga oid 90 dan ziyod material chiqardi. Qariyb 50 nafar ishtirokchi bu yo`nalishlardagi loyihalari uchun moliyaviy taqdirlandi. Ular tayyorlagan sara materiallar, jumladan Toshkentda iyul oyida bo`lib mintaqaviy hamkorlik anjumani haqidagi maqola va lavhalar “Amerika Ovozi” tomonidan ham tarqatildi.  

Ma`lumot uchun: AQShning Global media agentligi uddi shunday seminarni 6-9 sentyabr kunlari ham Samarqand viloyatida o`tkazgan va unda 20 dan ziyod ijodkorlar ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar