Toshkentda 29 yoshli dzyudo va kurash bo`yicha jahon chempioni Kamoliddin Rasulov boshqa bir chempion yigit tomonidan pichoqlab, o`ldirildi.
Bu xabarni darakchi.uz so`roviga binoan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqlagan.
«2021 yilning 13 sentyabr 30 yoshli fuqaro Sh.T. tanishi, harbiy xizmatchi Kamoliddin Rasulovga qo`ng`iroq qilib, undan xarid qilib olgan «Humo Trop» vitaminini tavsiyasiga ko`ra iste`mol qilgani natijasida sog`lig`i yomonlashganini, shifokorlar bu kasallikning davosi yo`qligini bildirganini aytib, uni Uchtepa tumani, 14-mavzedagi uyi oldiga chaqirgan. Ular ko`rishgach, o`zaro janjallashib qolib, Sh.T. yonida olib chiqqan oshxona pichog`i bilan Kamoliddin Rasulovni turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan», — deydi Hayot Shamsutdinov.
Hayot Shamsutdinovning qo`shimcha qilishicha, Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.