AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosarini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosarini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 14 sentyabr kuni ikki tomonlama hukumatlararo komissiyalar yig`ilishlarini o`tkazish doirasida mamlakatimizda bo`lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari Esenmirat Orazgeldievni qabul qildi.

Uchrashuvda ko`p qirrali O`zbekiston–Turkmaniston hamkorligini yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko`rib chiqildi.

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar birodar mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Esenmirat Orazgeldiev O`zbekiston etakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Shuningdek, shu kunlarda Toshkent shahrida o`tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha qo`shma hukumatlarlaro komissiyalar yig`ilishlarining asosiy natijalari to`g`risida ma`lumot berdi.

Davlatimiz rahbari O`zbekistonda o`tkaziladigan sammitga puxta va har tomonlama tayyorgarlik ko`rish, eng avvalo, mazmunli kun tartibini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiy kooperasiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekanini ta`kidladi.

Boshqa yangiliklar