AsosiyJamiyat

Tanqidiy materiallari uchun zaharlangan farg`onalik bloger vafot etdi

'Tanqidiy materiallari uchun zaharlangan farg`onalik bloger vafot etdi'ning rasmi

Avvalroq, Qo`qonlik blogerni tanqidiy materiallari uchun zaharlashgani haqida ma`lum qilgandik. Bugun, 15 sentyabr kuni ushbu bloger Iqbol Komiljonov vafot etdi. Bu haqda «Bugun.uz» ma`lum qildi.

Farg`ona viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Husan Mamajonov uning o`limi tafsilotlarining bir qismini ma`lum qildi.

«Iqbol Komiljonov 8 kundan beri kasallik bilan kurashishimizga qaramasdan vafot etdi. Hozirgi kundagi barcha diagnostik davolash ishlarini amalga oshirdik. Afsuski, kasallik o`z kuchini ko`rsatib, vatandoshimiz vafot etdi. Iqbol Komiljonov 7 sentyabr kuni og`ir ahvolda shifoxonaga kelishi bilan reanimasiyaga olingandi. Unga ikki tomonlama pnevmoniya, qandli diabetning 2-turi, yurak ishemik kasalligining ikkinchi turi hamda nafas va qon aylanish tizimining buzilishi tashxisi qo`yilgandi», — deydi Husan Mamajonov.

Qayd etilishicha, Iqbol Komiljonov ijtimoiy tarmoqlarda Qo`qon shahridagi muammolarni, kamchiliklarni yoritib borishi bilan tanilgan. Bloger kasalxonaga tushgan vaqtida unga ovqatdan zaharlanish tashxisi qo`yilgan. Bemorning yaqinlariga ko`ra, u Farg`ona viloyati shifoxonasi reanimasiya bo`limida 4 kundan buyon koma holatida qolyotgandi.

Ma`lum qilinishicha, Komiljonovaning o`zi blogerni o`g`li va jiyanlari bilan shifoxonaga joylab ketgan.

«Biz shifoxonaga topshirganda ukamning qorin sohasida og`riq bor edi, lekin hushi joyida edi, gapirayotgan edi. Kechga borib birdaniga og`irlashib qolgan. Bunga nima sabab, tushunmayapmiz. Shifokorlar ichaklarida muammo kuzatilayotganini tushuntirdi», — deydi blogerning opasi.

Ta`kidlanishicha, shifokorlar Iqbol Komiljonovga kovid va qandli diabet kasalliklari bo`yicha tashxis qo`ygan. Bemorning yaqinlari shifokorlardan tibbiy ekspertiza o`tkazishni talab qilgan, biroq ular buni keskin rad etgan. Shoira Komiljonovaga shifokorlar bemorning ichki a`zolari sekin-asta so`nib, ahvoli o`ta og`ir holda qolayotganini ma`lum qilgandi.

Bemor davolanayotgan viloyat ko`p tarmoqli shifoxona shifokori Elmurod Yo`lchiev marhum haqida ma`lumot bergan:

«Bemor olti oy oldin bir qancha muddat Rossiya Federasiyasida bo`lib qaytgan. Uning yaqinlari zaharlangan degan masalani qo`yyapti. Bemorda qandli diabet xastaligi bo`lgan. ‘Saxar’i bor odamning qon plashkalari to`lib qoladi. So`ng tanani ba`zi a`zolarida chirish boshlanadi. Ana shu chirishning orqasidan zahar chiqqan, bemor o`zini-o`zi zaharlagan. Ya`ni kasallik organizmni zaharlayapti. Bu ichki zaharlanish, u tashqaridan tushmagan. Qolaversa, bemor yaqinda kovid ham bo`lib o`tgan ekan. Infeksiya o`pkaga o`tib, ikki tomonlama pnevmoniya rivojlangan. Tanadagi barcha xastaliklar birlashib, bosh miyaga ishemiya beryapti. Bosh tolalari quriyapti», — deya ta`kidlagandi shifokor.

Shundan so`ng, bemor sun`iy nafas olyotgani, ovqat berish ham sun`iy yo`l bilan amalga oshirilayotgani va kislorodga ulab qo`yilgani ma`lum qilindi.

Shuningdek, itimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Farg`ona viloyati boshqarmasi rahbari Shohid Aslonov shaxsiy sahifasida post qoldirdi. Unga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan xabarlar mutlaqo asossiz.

«Viloyat hokimining o`rinbosari Fayzullo Qosimov bilan birga Farg`ona viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot muassasasida davolanayotgan I.Komiljonovning ahvolidan xabar olgani bordik.

    Boshqa yangiliklar