Suriyalik harbiylar kuni kecha DAISh jangarilari tomonidan Damashq yaqinidan o`g`irlab kelingan 175 kishi qatl etilgani haqida xabar berdi.
Avvalroq Suriya sanoat vazirligidagi manba terrorchilar Abu ash-Shamat tumanidan Al Badia Cement kompaniyasining 300 nafar xodimini o`g`irlab ketganini xabar bergan edi.
ID jangarilari ommaviy qatl choralarini tez-tez qo`llashadi. Yanvar oyida Suriyada 280 nafar tinch aholi qatl etilgani haqida xabar berilgan. Iroqning Mosulida ID tomonidan qatl etilganlar soni to`rt ming kishiga etdi.





