Jizzaхda 140 million so`mlik dorilarni noqonuniy sotganlar qo`lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda ma`lumot berdi.
Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.F. pandemiya sharoitida aholining iste`mol talabi yuqori bo`lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotish orqali daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan 206 dona “DESREM Remdesivir for injection” dori vositasining har bir qutisini 680 ming so`mdan hisoblab jami 140 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, undan umumiy bahosi 179,3 mln so`mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.