AsosiySiyosat

Ombudsman Rossiya Federal Majlisining Davlat Dumasiga bo`lib o`tadigan saylovlarda ishtirok etadi

'Ombudsman Rossiya Federal Majlisining Davlat Dumasiga bo`lib o`tadigan saylovlarda ishtirok etadi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova joriy yilning 17-19 sentyabr kunlari bo`lib o`tadigan  Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasi, Sankt-Peterburg Qonunchilik  Majlisi va shahar ichidagi munisipalitetlarning shahar kengashlari deputatlari saylovlarida ekspert sifatida ishtirok etish uchun Sank-peterburg shahrida bo`lib turibti.

Feruza Eshmatova joriy yilning 17 sentyabr kuni Ombudsman Sankt-Peterburg saylov komissiyasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda, Davlat Dumasiga saylovlar 3 kun davom etadi va unga 450 nafar deputat saylanadi.

Saylovlarda 18 yoshga to`lgan Rossiya Federasiyasi fuqarolari soat 8:00 dan 20:00ga qadar ovoz berish huquqiga ega.

Matbuot anjumanida, shuningdek saylovchilarning elektron ro`yxati, murojaat qilish va saylovda elektron ovoz berish tartibi, nogironlarning saylash huquqlaridan foydalana olishi uchun yaratilgan sharoitlar, saylov jarayonlaridagi ochiqlik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash masalalarida axborot berildi.

Matbuot anjumanidan so`ng Ombudsman Sankt-Peterburgning Kronshtadt shahridagi qator saylov uchastkalarida ham bo`lib, saylov jarayonlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Qayd etish lozimki, mazkur saylov uchastkalarida ishlar qat`iy karantin talablariga rioya etilgan holda tashkil etilgan. Jumladan, saylov uchastkalari a`zolari tibbiy himoya va antiseptik vositalari bilan ta`minlangan, ovoz berish jarayonidagi pandemiya talablariga rioya qilinishi haqidagi eslatmalar ham mavjud.

Saylov uchastkalarida nomzodlar haqida to`liq ma`lumotlarni olish va saylov uchastkalarida murojaat qoldirish imkoniyati ham yaratilgan.  

Ombudsman 18-19 sentyabr kunlari ham bo`lib o`tayotgan saylovlar jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, bir nechta saylov uchastkalariga tashrif buyuradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar