1

Andijonda aka o`gay ukalarini chopib tashladi

Jinoyat 18.09.2021, 09:56
Andijonda aka o`gay ukalarini chopib tashladi

Andijon tumanida yashovchi fuqaro kelishmovchilik sabab o`gay ukalarini chopib tashladi. Ulardan biri ko`p jarohat olishi oqibatida vafot etgan.
Aniqlanishicha,  joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 17:00 da Andijon tumanining “Jahonobod” mahallasida yashovchi fuqaro M.S. o`gay ukalari — voyaga etmagan R.S. va I.S.lar bilan o`zaro janjallashib qolib, ularga chopqi bilan zarar etkazgan.

O`gay aka janjal davomida daraxt shoxlarini chopish uchun mo`ljallangan chopqi bilan R.S.ning bosh, bo`yin, elka, qo`l, oyoq va son qismlariga urib, hayoti uchun xavfli bo`lgan tan jarohatlari etkazgan va uning o`limiga sababchi bo`lgan. Shuningdek, aka yana bir ukasi I.S.ning ham bosh, bo`yin, elka, qo`l qismlariga urib, og`ir turdagi ko`plab tan jarohatlari etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, viloyat prokuraturasining o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. M.S.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1