AsosiyJinoyat

Bojxonachilar Toshkentda 5,3 kg. ziyod gashish va opiyning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi

'Bojxonachilar Toshkentda 5,3 kg. ziyod gashish va opiyning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi'ning rasmi

Respublikamiz bojxonachilari giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir yirik qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi.

Davlat bojxona qo`mitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumanida ko`p bosqichli tezkor tadbir o`tkazildi.

Tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi to`xtatilib, belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganida, avtomashina salonida jami 3 bo`lakdan iborat 82 gr. og`irlikdagi gashish giyohvandlik vositasi hamda ularni o`lchashda foydalanilgan kichik elektron tarozi borligi aniqlandi.

Shundan so`ng tezkor tadbir davom ettirilib, Chilonzor tumanida yana bir shaxs qo`lga olindi. Uning yonidagi qo`l sumkasi ko`zdan kechirilganida, ushbu shaxs 9 dona o`ramlarda giyohvandlik vositalarini olib ketayotganligi fosh bo`ldi.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, mazkur o`ramlardagi moddalar 5 kg. 219 gr.dan ziyod “gashish” va 29,68 gr. og`irlikdagi “opiy” giyohvandlik moddasi bo`lib chiqdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Ta`kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning o`tgan 8 oyi mobaynida og`irligi 271 kg.dan ortiq giyohvandilik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar