Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.V., S.X. va I.J.lar, kuchli ta`sir qiluvchi 100 dona “Regapen” nomli dori vositasini 2,5 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ulardan jami 112 dona “Regapen” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan DBQ va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro L.A. hech qanday hujjatlari bo`lmagan tibbiy buyumlar turkumiga kiruvchi jami 20 000 dona rentgen plyonkalarini xaridorga 14 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.