Avtohalokatda vafot etgan aktyor Pol Uokerning qizi otasining o`limi uchun $10 mln tovon puli undirdi. Bu haqda Los Angeles Times xabar beradi.
Ma`lum bo`lishicha, qiz mazkur summani avtomobilni boshqarayotgan haydovchi Rojer Rodasning oilasidan olgan.
Uokerlar oilasining advokati bergan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu pullar aktyor ishlashi mumkin bo`lgan pulning bir qismi xolos.
Uoker 2013 yilning noyabr oyida vafot etgan. Aktyorning do`sti Rojer Rodas o`zining Porsche Carrera GT avtomobilini ruxsat berilgan 72 km/s tezlik o`rniga soatiga 130–150 km tezlikda boshqargan. Oqibatda avtomobil boshqaruvni yo`qotib, elektr ustunga borib urilib yonib ketgan. Oqibatda YTHda ikki erkak ham halok bo`lgan.