“O`zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (575-son, 17.09.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Qaror bilan tasdiqlangan “Saxovat” keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar uchun internat uylari to`g`risidagi nizomga ko`ra, mazkur internat uylariga:
● parvarish qilish shart bo`lgan 1-darajali qarindoshi yoki vasiylari bo`lmagan yolg`iz keksalar;
● 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironlar;
● o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz I guruh nogiron keksalar joylashtiriladi.
Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga qabul qilishga qarshi ko`rsatmalar hisoblanadi:
● tutqanoq bo`ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo`shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
● ruhiy kasalliklar;
● sil kasalligi;
● yuqumli ter va soch kasalliklari;
● o`tkir yuqumli kasalliklar;
● salbiy jarayondagi, yomon holatda o`tadigan shish kasalliklari va residivlari;
● tanosil kasalliklari.
Qaror bilan shuningdek, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
- “Muruvvat” nogironligi bo`lgan shaxslar uchun internat uylari to`g`risida;
- “Muruvvat” nogironligi bo`lgan bolalar uchun internat uylari to`g`risida;
- Keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar to`g`risida;
- Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati to`g`risida.






