AsosiyJamiyat

Zominda fuqaro giyohvandlik vositalarini o`zi qorovullik qiladigan qabristonga yashirib kelgani fosh etildi

'Zominda fuqaro giyohvandlik vositalarini o`zi qorovullik qiladigan qabristonga yashirib kelgani fosh etildi'ning rasmi

Ichki ishlar organlari xodimlari “Qoradori-2021” tadbiri doirasida Jizzax viloyati Zomin tumani Bunyodkor mahallasi hududida velosipedda harakatlanayotgan Zomin tumanining Beruniy mahallasida yashovchi F.M.ni tekshirdilar. 

Mazkur jarayonda ushbu fuqaroning qo`lidagi polietilen paketda 48 gramm kannabis borligi ma`lum bo`ladi. Shuningdek, u qorovullik qiladigan qabriston o`tinxonasi tekshirilganida polietilen paketga joylangan 7 gramm kannabis topiladi.

“Postda” muxbiri bergan ushbu xabarga ko`ra, hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar